Oʻzbekiston Global maʼlumotlar barometri reytingida 58-oʻrinni egalladi

Saqlash
14:05 / 17.05.2022 696 0

2021-yil yakunlariga koʻra, Global maʼlumotlar barometri reytingi (The Global Data Barometer - GDB) eʼlon qilindi.

 

Mazkur reytingda 100 dan ortiq mamlakatlar qatnashgan.

 

Oʻzbekiston Respublikasi reytingda 32 ball toʻplab, 58-oʻrinni egalladi.

 

Global maʼlumotlar barometrining asosiy modullarida:

 

— Oʻzbekiston “Ochiq maʼlumotlar tashabbusi”ni oʻz ichiga olgan “Imkoniyatlar” modulida 80 ball toʻplab, 8-oʻrinni egalladi.

 

— Mamlakatda ochiq maʼlumotlar siyosatini oʻz ichiga olgan “Boshqaruv” modulida Oʻzbekiston 52 ball toʻplab, 19-oʻrinni egalladi.

 

Global maʼlumotlar barometri reytingida:

 

1-oʻrin — AQSH 68 ball

2-oʻrin — Fransiya 66 ball

3-oʻrin — Buyuk Britaniya 65 ball

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish