Siyosat
Prezident qarori bilan aholiga narkologik yordam ko‘rsatish tizimi takomillashtiriladi. Jumladan:
- ichki ishlar organlariga o‘z tashabbusiga ko‘ra narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish yuzasidan hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish huquqi beriladi;
2023 yil 1 yanvardan boshlab:
- narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish bo‘yicha barcha tibbiy tekshiruvlarni narkologiya dispanserlarining o‘zida, zarur hollarda boshqa muassasalarda amalga oshiriladi;
- narkologiya dispanserlaridagi mavjud koykalar haqidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida olish imkoniyati yaratiladi;
- narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish to‘g‘risidagi ishlarni elektron tarzda sudlarga yuborish va sudlar tomonidan ularni videokonferensaloqa rejimida ko‘rib chiqish mumkin bo‘ladi;
- narkologiya dispanserlaridagi mavjud bo‘sh koykalar soni to‘g‘risida ma’lumotlarni real vaqt rejimida olish imkoniyatini beruvchi axborot tizimi ishlab chiqiladi hamda Oliy sud va IIVga ushbu tizimdan foydalanish imkoniyati yaratiladi;
- 2023 yil 1 yanvardan boshlab Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallarining ambulator va stasionar bo‘limlarida 1 stavkadan faoliyat ko‘rsatuvchi tibbiy psixolog yoki psixoterapevt lavozimlari joriy etiladi;
- tibbiyot birlashmalari tarkibida kamida 10 o‘rinli mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktlari tashkil etiladi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
109965
Jamiyat
94287
Jamiyat
90142
Jamiyat
73405
Jamiyat
//
Izoh yo‘q