OʻzLiDeP Konstitutsiyani isloh qilishni boshlash taklifi bilan chiqdi

Saqlash
22:13 / 16.05.2022 769 0

Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish haqidagi tashabbus bilan chiqqan.

 

Bugun, 16-may kuni Qonunchilik palatasida fraksiyaning shu masalaga bagʻishlangan yigʻilishi boʻlib oʻtgan. Yigʻilishda Oʻzbekiston prezidentining lavozimga kirishish marosimidagi nutqi va Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan bayram tabrigida konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish zarurati borasida ilgari surilgan fikrlari muhokama qilingan.

 

“Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishida deputatlar Bosh qomusimiz — Konstitutsiyaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish jarayonini boshlash taklifi bilan chiqishdi. Bu borada fraksiya aʼzolari Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi oʻrni va ahamiyatiga alohida toʻxtalib, uni bugungi real voqelikka moslashtirish, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi uchun yanada mustahqam huquqiy poydevor yaratish boʻyicha oʻzlarining aniq pozitsiyalarini maʼlum qilishdi”, deyiladi partiya xabarida.

 

Mazkur masala muhokamasiga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi ham qoʻshilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//