16-22-may kunlari ob-havo qanday boʻladi? 

Saqlash
20:41 / 16.05.2022 752 0

Bugun respublika boʻyicha havo kam bulutli va quruq boʻladi. Kunduz kuni havo may oyi oʻrtalari uchun boʻlgan meʼyoriy qiymatlargacha koʻtariladi va 27-30 daraja issiq atrofida boʻladi.

 

“Oʻzgidromet” xabariga koʻra, ertaga respublika hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublika shimoliy hududlariga nam bulutli massivlar kirib kelishi kutilmoqda, ularning oʻtishida Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyatida baʼzi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

 

18-mayda nam havo massasining sharqqa qarab harakatlanishi respublika markaziy va sharqiy hududlari boʻyicha beqarorlikni keltirib chiqaradi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida kunduz kuni baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi va momaqaldiroq boʻladi. Respublika qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.

 

19-mayda faqat Toshkent viloyatida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida yomgʻir yogʻishi saqlanib turadi, qolgan hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 20-mayda respublika boʻyicha quruq va iliq boʻladi.

 

Ushbu haftada havo harorati 25-30 daraja issiq atrofida, baʼzi joylarda 32 daraja issiqqacha boʻladi.

 

18-19-may kunlari togʻlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi. Haftaning qolgan kunlarida faqat ayrim togʻli hududlarda mahalliy xususiyatga ega boʻlgan yomgʻirlar kuzatilishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//