Jamiyat
O‘zbekiston xalq baxshisi, Sherobod dostonchiligi maktabi vakili Abdunazar Poyonov 73 yoshda vafot etdi.
Ma’lumot uchun: Abdunazar Poyonov 1949 yil Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida tug‘ilgan. 2003 yilda O‘zbekiston xalq baxshisi unvoni bilan taqdirlangan. Dostonchilik an’analarini Mardonaqul baxshi, Umr baxshilardan o‘zlashtirgan, Abdunazar baxshi repertuaridan “Alpomish“, “Malika ayyor“, “Sherali“ va boshqa dostonlar, do‘mbira kuylari hamda Vatanga muhabbat, sadoqat, xalq hayoti mavzularida o‘zi ijod qilgan termalar o‘rin olgan. Xalqaro va respublika baxshi-shoirlar tanlovlari g‘olibi bo‘lgan.
Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yil Surxondaryo viloyatiga avvalgi tashrifi chog‘ida Abdunazar Poyonov va boshqa baxshilar bilan muloqot qilgandi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
109341
Jamiyat
93810
Jamiyat
89432
Jamiyat
72688
Jamiyat
//
1 Izoh
Ikrom
12:01 / 01.01.1970
Abdunazar baxshi Boysun tumani, Homkon qishlog'ida tug'ilgan