Ilm-fan
Xalq ta’limi vazirligi 2022 yil 1 avgustga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini qayta ko‘rib chiqadi. Bu prezidentning 11 maydagi «Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida qayd etilgan.
Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash vazifasi yuklatildi.
Qolaversa, Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda 2022 yil 1 sentabrga qadar 2023−2024-yillarda maktablarda ma’nan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash bo‘yicha dasturni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Moliya vazirligiga 2023−2024-yillarda maktablarda ma’nan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash bo‘yicha dasturni moliyalashtirish uchun respublika budjeti hisobidan 200 mlrd so‘m, mahalliy budjetlar hisobidan 200 mlrd so‘m miqdorda mablag‘lar ajratish vazifasi yuklatildi.
2022/2023 o‘quv yilidan 400 nafargacha o‘quvchisi bo‘lgan maktablarda Internet tezligi kamida 40 Mbit/s, o‘quvchilar soni 400 nafardan ko‘p bo‘lsa — kamida 100 Mbit/s etib ta’minlanadi. Buni amalga oshirishga AKT va Xalq ta’limi vazirliklari javobgar bo‘ladi, hokimliklar esa maktablarni yuqori tezlikdagi internetga ulash uchun zarur mablag‘larni ajratadi.
XTV 2023 yildan boshlab har yili 1 avgustga qadar ITSV va Moliya vazirligiga maktablarda ma’nan eskirgan kompyuter texnikasi to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etib boradi. ITSV va Moliya vazirligi shunga ko‘ra 2024 yildan maktablarni zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlash bo‘yicha moliyalashtirish manbalarini aniqlaydi.
Ilm-fan
Madaniyat
Iqtisod
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q