Diqqat! Endilikda ayrim yoshlarga 50 mln soʻmgacha pul beriladi

Saqlash
16:05 / 15.05.2022 827 0

Oʻzbekistonda WikiStipendiya marafoniga start berildi. Uni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad internetda oʻzbek tilidagi sifatli maʼlumotlarni koʻpaytirish va iqtidorli talabalarni munosib ragʻbatlantirishdir. 


Ushbu marafon Yoshlar ishlari agentligi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida yoʻlga qoʻyildi. 

 

Marafonda oʻzbek tilidagi Wikipedia muharrirlari WikiStipendiya marafonida qatnashishlari va pul mukofotlarini qoʻlga kiritishlari mumkin.

 

Marafon 20-maydan 20-dekabrga qadar davom etadi. Unda eng faol qatnashgan ishtirokchilar quyida koʻrsatilgan qiymatdagi bir martalik stipendiya bilan taqdirlanadi:

  • birinchi oʻrin uchun — 50 million soʻm;
  • ikkinchi oʻrin uchun — 40 million soʻm;
  • uchinchi oʻrin uchun — 30 million soʻm;
  • kuchli beshtalik — 20 million soʻm;
  • kuchli oʻntalik — 10 mln soʻm.

 

Loyihada 15 yoshdan oshgan har kim ishtirok etishi mumkin. Buning uchun @Wikistipendiya_bot marafon Telegram-botida roʻyxatdan oʻtish kerak.

 

Tanlov tashkilotchilari ishtirokchilarning ishini baholaydi. WikiStipendiya har oy eng yaxshi muharrirlar reytingini eʼlon qiladi.

 

Batafsil maʼlumotni WikiStipendiya Telegram-kanalida, shuningdek, loyihaning Youtubeʻdagi matbuot anjumanidan olish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish