Qozogʻistondagi YTH qurbonlari soni 3 nafarga yetdi

Saqlash
16:16 / 14.05.2022 745 0

Favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari boshchiligida tashkil etilgan ishchi guruh kecha, 13-may kuni Jualin tumanining markaziy shifoxonasiga yetib borib, Qozogʻistonning masʼul idoralari rahbarlari bilan uchrashgan. Jualin tuman markaziy shifoxonasidan yoʻlga chiqib, bugun, 14-may kuni soat 04:55 da Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegarasi “Gʻishtkoʻprik” bojxona maskaniga kelgan.

 

Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Sogʻliqni saqlash va Transport vazirliklari hamkorligida 2 nafar vafot etgan fuqarolarning jasadlari yashash manzili – Buxoro va Xorazm viloyatlariga yuborilgan. Hozirda mahalliy hokimliklar tomonidan marosim tadbirlarini oʻtkazish yuzasidan tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

 

Bugun, 14-may kuni baxtsiz hodisa oqibatida yana bir fuqaro vafot etgan. Ayni paytda marhumni olib kelish yuzasidan zarur choralar koʻrilmoqda.

 

Olib kelingan 23 nafar fuqarodan, 18 nafar jarohatlanganlar Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markaziga joylashtirilgan, 5 nafar fuqaroning ahvoli yaxshi boʻlgani uchun uyiga javob berilgan.

 

Hozirgi vaqtda markazga joylashtirilgan fuqarolarning ahvoli shifokorlarning qatʼiy nazoratiga olinib, tegishli muolajalar oʻtkazilmoqda.

 

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasining Olmaota shahridagi (Qozogʻiston Respublikasi) Bosh konsulxonasi maʼlumotiga koʻra, joriy yil 12-may kuni Jambil viloyatida yoʻlovchi avtobusi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

Nukus – Olmaota yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan avtobusda 53 nafar yoʻlovchi, shu jumladan 47 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan. 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//