Siyosat
Latviyaning har oyda chop etiladigan «Открытый город» (“Ochiq shahar”) jurnalida “Shavkat Mirziyoyev: milliy tiklanishdan milliy taraqqiyot sari. Oʻzbekiston mustaqilligiga 30 yil” sarlavhali material chop etildi.
Maqolada Latviyaning davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan tub oʻzgarishlar munosabati ifodalangan. Jumladan, soʻnggi 5 yilda mamlakatimiz oltin valyuta zaхirasi 5,5 milliard dollarga oshgani, milliy iqtisodiyotimizga milliard dollar investitsiya jalb qilingani, Oʻzbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan bojsiz savdo qilishga yordam beradigan “GSP+” benefitsiar maqomini olgani, ilk bor BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi aʼzoligiga saylangani, Toshkentning Markaziy va Janubiy Osiyo makrohududida mustahkamlovchi roli kuchaygani qayd etiladi. Islohаtlar samarasining xalqaro eʼtirofi sifatida “Forbes”, “The New York Times”, “The Economist” kabi nufuzli nashrlar iqtiboslari keltiriladi.
Muallif islohotlar natijasida jamiyatda tinchlik va barqarorlik, fuqarolar va millatlararo totuvlik muhiti mustahkamlanayotgani, barcha sohalar erkinlashayotgani, iqtisodiyot tarmoqlari, xususiy tadbirkorlik jadal rivojlanayotganini eʼtirof etadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, qashshoqlikni qisqartirish, yangi ish oʻrinlari va daromad manbalari yaratishga alohida eʼtibor qaratilayotgani, respublikada davlat boshqaruvining yangi va samarali tizimi, mahalliy ijro hokimiyat idoralari bilan hamkorlikdagi uygʻun faoliyati tashkil qilinishi asosida islohotlar samarali izchillik kasb etayotgani taʼkidlanadi.
Qishloq xoʻjaligi sohasidagi islohotlar, yer maydonlarining xususiy klasterlar va kooperatsiyalarga oʻtkazilishi paxta hosildorligini bir yilda oʻrtacha 10 foiz oshirish imkonini berdi. Bogʻdorchilik, gʻallachilik va chorvachilikda qariyb 500 ga yaqin klaster va kooperatsiya tashkil etildi. Buning samarasi oʻlaroq, pandemiyaning salbiy taʼsiriga qaramay, 1 milliard dollarlik meva, sabzavot eksport qilindi. Nashrda yozilishicha, bugungi kunda Oʻzbekiston ulkan qurilish maydoniga aylangan - koʻplab yangi korxonalar, turar joylar, yoʻl va koʻpriklar, infratuzilmaviy, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport obyektlari barpo etilmoqda.
“Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlarining 2021-yil mart oyida tayyorlagan maʼlumotiga koʻra, respublikamiz iqtisodiyoti barqaror oʻsish bosqichiga oʻtib, tarkibiy pozitsiyalar yaxshilanmoqda”, - deyiladi maqolada. “Bu pandemiya davrida ham iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyatli amalga oshirilib, Oʻzbekiston iqtisodiyotining barqarorligi va raqobatbardoshligi oshganidan dalolat”. Majburiy va bolalar mehnatiga barham berilgani, Inson huquqlari boʻyicha Milliy strategiya qabul qilingani taʼkidlanadi.
Materialda qayd etilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar xalqaro ommaviy axborot vositalari va ekspertlarda katta qiziqish uygʻotmoqda.
Amerikaning “Forbes” jurnali “Oʻzbekiston: Jadal islohotlar samarasi” sarlavhali maqolani iqtisodiy oʻzgarishlarga bagʻishlagan. Muallif Kennet Rapozaning yozishicha, “Prezident Shavkat Mirziyoyev davrida Oʻzbekistonda sobitqadamlik bilan bozor erkinligi va siyosiy ochiqlik siyosati yuritilmoqda”.
Amerikaning nufuzli “The New York Times” gazetasi islohotlarimizga bagʻishlangan “Oʻzbekistonda bahorga ishora” nomli maqola orqali boshqa jihatlarga eʼtibor qaratadi: “Sobiq sovet imperiyasining aksariyat qismi, dunyoning boshqa hududlarida demokratiya chekinayotgan bir paytda Shavkat Mirziyoyevning saʼy-harakatlari eʼtibor va qoʻllab-quvvatlashga loyiq”, — deb yozadi “The New York Times”.
“The Economist” nashrida “dunyoning hech bir mamlakati islohotlar borasida Oʻzbekistonchalik rivojlangani yoʻq”, - deya qayd etiladi.
Eslatib oʻtamiz, Latviyaning «Открытый город» (“Ochiq shahar”) nashri dunyoning 63 mamlakatida rus tilidagi bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini birlashtirgan Butunjahon rus matbuoti uyushmasi aʼzosi, iqtisodiyot, siyosat va ilm-fan yoʻnalishlarida maqolalar chop etish huquqiga ega “Project Syndicate” xalqaro klubi aʼzosi hisoblanadi. Qamrov hududi Boltiqboʻyi, Sharqiy, Markaziy va Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarini egallagan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q