Jamiyat
Bugun, 13-may kuni Oʻzbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan salqin va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqida Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi va momaqaldiroq kuzatiladi, yakshanba kuni havo quruq va kam bulutli boʻladi.
Bugun Oʻzbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan salqin va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Atmosfera fronti kirib kelishida respublika boʻyicha baʼzi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi. Momaqaldiroq paytida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi harorat 23-28° atrofida boʻladi.
14-may kuni respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida momaqaldiroqli qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi va shiddatli shamollar bilan ob-havoning beqarorligi saqlanib turadi. Yomgʻir yogʻganda kunduzi havo harorati 20-23° gacha pasayadi, bu may oyining oʻrtalari uchun boʻlgan meʼyoriy qiymatlardan 3-4° ga pastdir.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida 13-14-may kunlari baʼzi joylarda yomgʻir kuchli yogʻadi, sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Ayrim joylarda doʻl yogʻishi ehtimoli bor.
15-may yakshanba kuni respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat ayrim togʻli hududlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduz kuni havo harorati 25-28° gacha koʻtariladi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q