Jamiyat
Samarqand viloyati Nurobod tumanida 6-may kuni to‘rt kishining o‘limi bilan yakunlangan YTH yuz berdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Samarqand—Qarshi yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Nexia-2 haydovchi uxlab qolishi oqibatida beton to‘siqqa urilib, pastlikka ag‘darilgan. Oqibatda avtomobilda yong‘in kelib chiqib, transport vositasi yonib ketgan.
Avtomobil ichida bo‘lgan to‘rt nafar fuqaro yong‘in qurboniga aylangan. Haydovchi esa og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ta’kidlanishicha, YTH haydovchining tajribasizligi (haydovchilik guvohnomasini besh oy oldin olgan) va to‘yib uxlamagani sabab kelib chiqqan. Ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil ichida yonib ketganlar orasida 11 yoshli qiz ham bo‘lgan — u bobo-buvisi bilan ziyoratga ketayotgan bo‘lgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
109780
Jamiyat
94154
Jamiyat
89960
Jamiyat
73161
Jamiyat
//
Izoh yo‘q