Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasining Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil 12 may kuni Jambul viloyatida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Xabarga ko‘ra, Nukus – Olmaota yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan avtobusda 53 nafar yo‘lovchi, shu jumladan 47 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan. Voqea oqibatida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.
Ayni paytda 16 nafar yurtdoshimiz tuman shifoxonasida, jumladan, 2 nafari jonlantirish bo‘limida qolmoqda.
O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi qoshida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etildi. Diplomatlar voqea joyiga yetib bordilar.
Huquqni muhofaza qilish organlari va tibbiyot muassasalari bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan. Marhumlarning jasadlarini vatanga olib kelish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar hal etilmoqda. Vaziyat Bosh konsulxona nazoratiga olingan, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q