Siyosat
2023–2024-yillarda maktablarda maʼnan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash uchun 400 mlrd. soʻm mablagʻlar ajratiladi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi” Qarori imzolandi.
Unga koʻra, 2023–2024-yillarda maktablarda maʼnan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash boʻyicha dasturni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti hisobidan 200 milliard soʻm, mahalliy byudjetlar hisobidan 200 milliard soʻm miqdorda mablagʻlar ajratiladi.
Shuningdek 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab 400 nafargacha oʻquvchisi boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida Internet tezligini kamida 40 Mbit/s, oʻquvchilar soni 400 nafardan yuqori boʻlganlarda – kamida 100 Mbit/s boʻlishi taʼminlanadi. Internetga ulash uchun zarur mablagʻlarni ajratish vazifasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga topshirildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q