Toshkentning qaysi tumanida aholi ko‘pligi aytildi

Saqlash
20:52 / 12.05.2022 918 0

Toshkent shahar statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, poytaxtda doimiy aholi soni 2022 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, 2 million 879 ming 800 kishini tashkil etgan. Aholi yil boshidan 17,4 ming kishiga yoki 100,6 foizga ko‘paygan.

 

Shundan:

 

    erkaklar soni 1 411 800 kishi;
    ayollar soni 1 468 000 kishi.

 

Shahar hududlari kesimida eng ko‘p aholi soni Olmazor tumanida bo‘lib, 387,7 ming kishini, ya’ni shahar aholisi sonidagi ulushi 13,5 foizni tashkil etgan. Shuningdek, Yunusobod tumanidagi aholi 360,9 ming kishi – 12,5 foizdan iborat.

 

Eng kam aholi soni Yakkasaroy tumanida – 124,6 ming kishi (4,3 foiz) va Bektemir tumanida – 51,8 ming kishi (1,8 foiz)ga to‘g‘ri kelmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//