Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022–2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisidagi farmoni bilan tasdiqlangan Milliy dasturga muvofiq mahalliy hokimliklar maktablarni faqat xalq taʼlimi yoʻnalishidagi bosma nashrlar bilan taʼminlashlari yuklatildi.
Xususan, har bir maktab “Maʼrifat”, «Uchitel Uzbekistana», “Tong yulduzi”, “Klass!” gazetalari, “Xalq taʼlimi”, “Til va adabiyot taʼlimi”, “Boshlangʻich taʼlim”, “Gʻuncha”, “Gulxan” jurnallari bilan obuna uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida taʼminlanadi.
Bundan koʻzlangan asosiy maqsad, mamlakatimizda va xalq taʼlimi tizimida olib borilayotgan islohotlar, sohada joriy qilinayotgan yangiliklardan oʻqituvchi-pedagoglarni bevosita bosma nashrlar orqali xabardor qilib borish, shuningdek, oʻquvchilarning bilimi va tafakkurini oshirishga, maʼnaviy-intellektual salohiyati, dunyoqarashini yuksaltirishga moʻljallangan bolalar nashrlari orqali esa oʻquvchi-yoshlarning darsdan tashqari boʻsh vaqtlarida oʻqishlarini tashkil etgan holda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga koʻmaklashib borishdan iboratdir.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110448
Jamiyat
94391
Jamiyat
90272
Jamiyat
73902
Jamiyat
//
Izoh yo‘q