Jamiyat
Kecha, 11-maydan boshlab Toshkentda ikki avtobus yoʻnalishiga oʻzgartirish kiritildi. Bu haqida «Toshshahartransxizmat» AJ maʼlum qildi.
Jumladan, “12-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 40-sonli “Sergeli mavzesi 12-daha - Toshkent vokzali” avtobus yoʻnalishining harakatini Qipchoq koʻchasidan yangi qurib bitkazilgan Choshtepa (avvalgi Fayzli koʻchasi), Obihayot, Yangi Sergeli yoʻli koʻchalari orqali va oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda ikki taraflama tashkil etiladi.
Shuningdek, “12-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 75-sonli “Toshkent metallurgiya zavodi - Oqtepa maydoni” avtobus yoʻnalishining harakatini “Surum mahallasi” soʻnggi bekatidan 4R21 Toshkent aylanma yoʻli, Chortoq, Qanora, Magʻrib, Davlatobod, Qoʻrgʻontepa, Qipchoq, Yangi Sergeli yoʻli, Obihayot, yangi qurib bitkazilgan Choshtepa (avvalgi Fayzli koʻchasi), Qatortol koʻchalari orqali va oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda ikki taraflama tashkil etiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
111955
Jamiyat
94698
Jamiyat
90701
Jamiyat
75461
Jamiyat
//
Izoh yo‘q