Jamiyat
Samarqand tumanida 8 may kuni «Nexia» kanalga ag‘darilishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea soat 02:40 atrofida tumanning Badal MFY hududida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, «Nexia» avtomobili haydovchisi harakatlanib ketayotib boshqaruvni yo‘qotgan va kanalga ag‘darilgan.
Mashinaning old o‘rindiqlaridagi haydovchi va yo‘lovchi suvdan chiqishga ulgurgan, orqada o‘tirgan 3 fuqaro: 15, 16 hamda 29 yoshli yigitlar halok bo‘lgan. Ularning ikki nafari maktab o‘quvchisi bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
111108
Jamiyat
94523
Jamiyat
90469
Jamiyat
74579
Jamiyat
//
Izoh yo‘q