Bekobod shahri hokimi ishdan bo‘shayotganini e’lon qildi

Saqlash
15:44 / 12.05.2022 854 0

Toshkent viloyati Bekobod shahri hokimi Zafar Fayzullayev bugun, 12 may kuni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ishdan bo‘shayotganini e’lon qilgan va aholi bilan xayrlashgan.

 

«Hurmatli hamshaharlar, do‘stlar. Bugun meni Bekobod shahar hokimi sifatida vakolatim yakuniga yetdi.

Bu buyuk shaharga rahbar etib tayinlaganlari uchun hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovichga cheksiz hurmatimni va minnatdorligimni bildiraman. Shu 5 yil davomida hurmatli Prezidentimiz doim o‘z mehrlarini Bekobod shahriga va uning mehnatkash aholisiga bildirib keldilar. Qilingan ishlarni sanab chiqsak, qog‘ozlar tom-tom bo‘lib ketadi.

Men barcha bekobodliklarga hurmatimni bildirib, ularning hayotlarida omad va saodat tilayman.

Men ham qo‘limdan kelgancha sizlar bilan ishlab, yashab, shu yerning suvini ichib, havosidan nafas olib, tuzini yeb, faoliyat ko‘rsatdim. Barchangizga sihat-salomatlik, omad tilayman. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarim uchun sizlardan uzr so‘rayman. Xayr!», deb yozgan hokim.

 

Hokim posti ostidagi izohlarda foydalanuvchilar omad tilagan bo‘lsa, ayrimlari lavozimdan ketayotganiga afsus qilishgan.

 

Eslatib o‘tamiz, kecha Angren shahri hokimi bevaqt hayotdan ko‘z yumgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//