Siyosat
Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida don mahsulotlari korxonalarida transformatsiya jarayonlarining natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtayotgani haqida xabar bergan edik.
Yigʻilish kun tartibidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalasi ham oʻrin oldi.
Joriy yilning mart-may oylarida kuchli yogʻingarchilik oqibatida Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida 15 ga yaqin yirik sel va koʻchkilar sodir boʻldi. Oqibatda 9 nafar inson halok boʻldi. 245 ta xonadon, 19 ta koʻprik zarar koʻrdi, 450 dan ortiq bosh chorva mollari nobud boʻldi.
Bunga sel va koʻchki xavfi yuqori hududlarda yillar davomida betartib pala-partish sugʻorilgani ham sabab boʻlmoqda.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga:
- togʻ daryolari va soylari, sel yoʻllari joylashgan hududlarda tunu-kun ishlaydigan shtablar tashkil etish va qutqaruv otryadlarini koʻpaytirish;
- daryo qirgʻoqlari, suv omborlari, selga qarshi inshootlarning favqulodda vaziyatlarga shaylik holatini oʻrganib, ularni mustahkamlash;
- xavfli hududlarda yashayotgan xonadonlarni xavfsiz hududlarga doimiy koʻchirish choralarini koʻrish boʻyicha topshiriq berildi.
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
111123
Jamiyat
94526
Jamiyat
90471
Jamiyat
74597
Jamiyat
//
Izoh yo‘q