Unning narxi asossiz oʻsishiga yoʻl qoʻyish “sabotaj” deb baholanadi – Shavkat Mirziyoyev hokim va prokurorlar zimmasiga yangi vazifa yukladi

Saqlash
22:45 / 11.05.2022 780 0

Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida don mahsulotlari korxonalarida transformatsiya jarayonlarining natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtayotgani haqida xabar bergan edik.

 

Yigʻilishda un va un mahsulotlarining bozorda taqchilligiga yoʻl qoʻymaslik va narxlar barqarorligini taʼminlashga viloyat hokimlari shaxsan masʼul va javobgar boʻlishi taʼkidlanli.


Mutasaddilarga 1-avgustga qadar 20 ta don korxonasidagi davlat ulushini savdoga chiqarish, bir oy muddatda don korxonalari qoshida tashkil etilgan non sexlari va savdo doʻkonlarini xatlovdan oʻtkazib, savdoga chiqarish topshirildi.


“Viloyat hokimlari va prokurorlari yaxshilab eshitib olsin. Oʻzgarishlarni bahona qilib, joylarda un ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirib yuborish, narx-navoni asossiz oʻsishiga yoʻl qoʻyishga “sabotaj” deb, siyosiy baho beriladi.


Shu bois, viloyat hokimlari va prokurorlari don korxonalarining mavjud ishlab chiqarish hajmlarini saqlab qolishga “boshi bilan” javob beradi”, dedi Prezident.


Bu borada viloyat hokimlari, ichki ishlar va prokuratura organlari rahbarlariga ijtimoiy tarmoqlarda chiqish qilib, yangi islohotlarning mazmun-mohiyati, qanday choralar koʻrilishi va rejalari boʻyicha tushuntirish berish vazifasi qoʻyildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//