Siyosat
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etishga qaratilgan navbatdagi qarori qabul qilindi.
Unga muvofiq,
▪️ 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab, “E-Anticor.uz” elektron platformasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, ularning hududiy boʻlinmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholashni nazarda tutuvchi “Ye-Antikorrupsiya” loyihasi toʻliq ishga tushiriladi;
▪️ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlar elektron reyestri” (“past”, “oʻrta” va “yuqori” oʻlchovlarida) shakllantiriladi va Internet tarmogʻida ochiq eʼlon qilib boriladi;
▪️ Har bir aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarning tavsifi va darajasi, ularni bartaraf etish boʻyicha choralarni oʻz ichiga oluvchi korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalarini tuzish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
▪️ Agentlik hamkor idora va vazirliklar bilan birgalikda joriy yilning oktyabr oyiga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual platformasi” loyihasini ishga tushiradi.
Shuningdek, Qaror bilan korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlarni bartaraf etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanib, unga koʻra,
▪️ “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida fuqarolardan noqonuniy qurilish holatlari yuzasidan murojaatlarni onlayn qabul qilish imkoni yaratiladi;
▪️ Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun beriladigan imtiyozlarning roʻyxati yagona hujjatda shakllantiriladi hamda ushbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik toʻgʻrisidagi qoida belgilanadi;
▪️ Oliy taʼlim muassasalarida talabalarni yotoqxona bilan taʼminlashning elektron tizimi joriy etiladi;
▪️ Avtobekatlarda tadbirkorlik obyektlarini joylashtirishga ruxsat berishning shaffof elektron mexanizmlari yaratiladi;
▪️ Tashqi reklama obyektlarini joylashtirish onlayn auksion tartibiga qatʼiy rioya etgan holda amalga oshiriladi va jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q