Jamiyat
Avval xabar berganimizdek, kecha, 10-may kuni soat 16:00 lar atrofida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanining togʻli hududi “Bogʻiston” MFY “Zoxona” qishlogʻida qisqa muddatli kuchli yomgʻir yogʻishi natijasida sel oqimi hodisasi yuzaga kelgan edi.
Hodisa oqibatida ushbu hududda oʻzining “Nexia” rusmli avtomashinasida boʻlgan Uzun tumani “Istiqlol” mahallasida yashovchi ikki nafar fuqaroni ham sel oqimlari oqizib ketgan edi.
FVV qutqaruvchilari va hamkorlikdagi tashkilotlar bilan olib borilgan qidiruv-qutqaruv va sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish jaryonida avtomobil va ikki nafar fuqaro “Toʻpalang” daryosi oʻzanidan topildi.
Ayni vaqtda “Toʻpalang” daryosi oʻzanidan fuqarolarning jasadi olib chiqilmoqda, ikkala fuqaroning jasadi orasidagi masofa taxminan 5 km.ni tashkil etgan.
Voqea joyida FVB qutqaruvchilari, Milliy Gvardiya, Ichki ishlar va tegishli xizmatlar xodimlari tomonidan sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q