Jamiyat
Yashnobod tumanida qalbaki AQSH dollarini bankomat orqali soʻmga ayirboshlagan fuqarolar aniqlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman boʻlimi tomonidan AITB “Ipak yoʻli bank” Amaliyot boshqarmasining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro S.F. va boshqalar ushbu bank filialiga tegishli Parkent koʻchasida joylashgan bankomat orqali qalbaki 2 000 AQSH dollarini soʻmga ayirboshlab olganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Sport
Jamiyat
Siyosat
110797
Jamiyat
94454
Jamiyat
90374
Jamiyat
74270
Jamiyat
//
Izoh yo‘q