Siyosat
AQSHning Nyu-York shahrida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Sent-Vinsent va Grenadin orollari oʻrtasida diplomatik munosabatlari oʻrnatish toʻgʻrisidagi Qoʻshma kommyunike imzolandi.
Hujjat mamlakatlar hukumatlari nomidan ularning BMTdagi doimiy vakillari, Baxtiyor Ibragimov hamda Inga Ronga King tomonidan imzolangan.
Qayd etilishicha, mazkur hujjatning imzolanishi Oʻzbekistonning Karib dengizi havzasi mamlakatlari bilan hamkorligini faollashtirish yoʻlidagi muhim qadam boʻldi.
Maʼlumot uchun, Sent-Vinsent va Grenadin orollari Karib dengizi havzasining gʻarbiy qismida joylashgan davlat hisoblanadi. Mamlakat BMT faoliyatida faol ishtirok etib keladi, 2020-2021-yillarda BMT Xavfsizlik kengashining doimiy boʻlmagan aʼzosi, 2018-2019-yillarda esa tashkilotning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi raisi boʻlgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q