Jamiyat
10 may kuni soat 16:00 lar atrofida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanining tog‘li hududida kuchli yomg‘ir natijasida Zoxona qishlog‘ida sel yuzaga keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa oqibatida Uzun tuman «Xursan» mahallasida yashovchi fuqaro va uning chorva mollari ularni boqib yurgan vaqtida selda oqib ketdi. U tabiiy ofatdan kutilib qolgan. Shuningdek, o‘zining Nexia avtomashinasida bo‘lgan Uzun tumani «Istiqlol» mahallasida yashovchi ikki nafar fuqaroni ham sel oqimlari oqizib ketgan.
Voqea joyiga viloyat hokimi boshchiligida FVB rahbariyati, qutqaruvchilar, Milliy gvardiya, IIB, prokuratura va tegishli xizmatlar jalb etilgan.
70 nafar mahalliy aholi bilan birgalikda qidiruv-qutqaruv va sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Sport
Jamiyat
Siyosat
110797
Jamiyat
94454
Jamiyat
90374
Jamiyat
74270
Jamiyat
//
Izoh yo‘q