Siyosat
Endilikda masofaviy elektron toʻlovlar uchun ham xaridlardan 1% miqdorida keshbek toʻlanadi. Bu haqida Davlat soliq qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bularga Click, Payme, Oson, Apelsin, Paynet, ATTO va boshqa xizmatlar, bank xizmatlari (jumladan, mobil ilovalar) va “marketpleys«lar (onlayn doʻkonlar) orqali toʻlovlar kiradi.
Ushbu xizmatlarning soliq organlari tizimlari bilan integratsiyalashuvi tufayli toʻlov tizimlari orqali toʻlovlarni amalga oshirishda QR-kodli chek hosil boʻladi. Agar isteʼmolchi keshbek tizimida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, xarid summasining 1 foizi Soliq mobil ilovasining shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda aks ettiriladi.
Shuningdek, keshbekni olish uchun elektron chekdagi QR kodni skanerlash mumkin.
Taʼkidlanishicha, avtomobillar, havo va temir yoʻl chiptalarini xarid qilish, kommunal va aloqa xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirishda keshbek toʻlanmaydi.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
110696
Jamiyat
94434
Jamiyat
90336
Jamiyat
74164
Jamiyat
//
Izoh yo‘q