Jahon
Xorijiy OAVlarning ma'lum qilishicha, “Tolibon” hukmronligi boshlanganidan buyon Afgʻonistonda 153ta OAV faoliyatini toʻxtatgan. Afgʻonistonda “Tolibon” harakati hukmronligiga hali bir oy boʻlmasdan mamlakatning 20 viloyatida 153 ta OAV oʻz faoliyatini toʻxtatgan.
Bu haqda Afgʻonistondagi erkin matbuotni qoʻllab-quvvatlovchi manbalarga tayanib, "Tolo News" xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, faoliyati to'xtagan 153 ta OAV orasida radiostansiyalar, bosma nashrlar va telekanallar bor va ularning faoliyatini toʻxtatishga OAVga qoʻyilgan cheklovlar, shuningdek, moliyaviy muammolar sabab boʻlgan. Ayni paytda Afgʻonistonning 20 viloyatida soha vakillari ishsiz qolmoqda.
“Bu tendensiyaning davom etishi xavotirlarni keltirib chiqaradi. Biz xalqaro tashkilotlarni bu muammoni hal qilish uchun zudlik bilan choralar koʻrishga chaqiramiz. Aks holda, matbuot erkinligi va boshqa fuqarolik erkinliklari tez orada tugaydi”, deydi Afgʻoniston Milliy jurnalistlar uyushmasi vakili Masrur Lutfiy. U “Tolibon” davrida afgʻonlarning hayotini matbuotsiz bashorat qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Tolibon ilm olmoqchi bo‘lgan qizlarga shart qo‘ygani, harakat Kobul ayeroporti nomini o‘zgartirgani, shuningdek, mamlakatda shifoxonalar faoliyati to‘xtashi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q