Jamiyat
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi IIV JXD Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan 2022 yilning birinchi choragida o‘rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilgan manzillari bo‘yicha ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, respublika hududidagi avtomobil yo‘llarida 2022 yil birinchi choragida jami 37 ta yangi fotoradar hamda kuzatuv kameralari ishga tushirilgan. Ulardan 4 tasi xavfsizlik kamarini taqmaslik yoki haydovchilarning telefondan foydalanganlik holatini aniqlovchi kuzatuv kamerasi, 33 tasi esa harakat tezligini belgilangan me’yordan oshirib yuborganlik holatini aniqlovchi fotoradar qurilmalari hisoblanadi.
Yangi ishga tushirilgan fotoradar hamda kuzatuv kameralari hududlar kesimida quyidagicha:
Surxondaryo viloyatida – 10 ta;
Xorazm viloyatida – 7 ta;
Qashqadaryo viloyatida – 5 ta;
Toshkent shaharida – 5 ta;
Farg‘ona viloyatida – 4 ta;
Toshkent viloyatida – 4 ta;
Buxoro viloyatida – 2 ta.
O‘zbekiston hududida 2022 yil birinchi choragida yangi o‘rnatilgan fotoradar hamda intellektual kuzatuv kameralari aniq manzili va qoidabuzarlik turlari bo‘yicha ro‘yxati.
Sport
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
112456
Jamiyat
95121
Jamiyat
91363
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q