Kimlar sanatoriy-kurortlarga bepul yo‘llanma olishi mumkin?

Saqlash
16:27 / 10.05.2022 819 0

Qonunchilikka muvofiq quyidagi nogironlar va keksalar toifasiga bepul sanatoriya-kurort yo‘llanmalari taqdim etiladi:


–  urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;

– halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlari (beva erlari);

– respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;

– Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;

– yadro poligonlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar;

– I va II guruh nogironlari, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;

– yolg‘iz keksalar;

– pensionerlar.


Yo‘llanma olish uchun quyidagi hujjatlar Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi hududiy bo‘linmalariga topshirilishi lozim:


– ariza;

– pasport nusxasi;

– yuqoridagi fuqarolarning imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlar (nogironlikni tasdiqlovchi, pensionerlar uchun guvohnoma va b.);

– tibbiy xulosa.


Yo‘llanmalarni berish davriyligi quyidagicha.


har yili (navbat asosida):


– urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga;

– respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslarga;

– Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga;

– yadro poligonlari va boshqa radiasiya-yadro ob’yektlarida harbiy xizmatni o‘tagan

– shaxslarga;

– yolg‘iz keksalarga.


2 yilda 1 marotaba (navbat asosida):


– urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;

– halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlariga (beva erlariga);

– I va II guruh nogironlari, ko‘zi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxsga;

– sanatoriylarda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgan taqdirda  3 yilda 1 marotaba (navbat asosida) – pensionerlarga.


Yo‘llanmalar 12 kunga, yo‘llanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan kamida 10 kun oldin beriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//