O‘zbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyat keskinlashganidan jiddiy xavotirdaligini bildirdi

Saqlash
15:35 / 10.05.2022 1210 0

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Sharqiy Quddusdagi vaziyat keskinlashganidan, jumladan, al-Aqso masjididagi navbatdagi to‘qnashuvlar sodir bo‘lganidan jiddiy xavotirda ekanligini bildirdi.

 

«Biz tomonlarni keskinlikni kuchaytirmaslikka va mojaroni tezroq bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqiramiz», – deyiladi bayonotda.

 

Ta’kidlanishicha, Falastin-Isroil muammosini hal qilish xalqaro huquq normalariga muvofiq, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining avval qabul qilingan rezolyusiyalari va «ikki xalq uchun ikki davlat» tamoyili asosida amalga oshirilishi zarur.

 

«Biz tomonlarni ixtilofni muloqot va diplomatiya yo‘li bilan hal qilish uchun vazminlik hamda siyosiy iroda ko‘rsatishga chaqiramiz», – deyiladi munosabatda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Jamiyat

17:19 / 20.07.2026 0 97
Davlat stipendiyalari taqsimoti tasdiqlandi

Madaniyat

16:57 / 20.07.2026 0 178
Qaysi viloyatda kutubxonalar soni ko‘proq?

Jamiyat

15:03 / 20.07.2026 0 55
Umra vizasi tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Jamiyat

11:34 / 20.07.2026 0 96
Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
112684
76456

//