Jamiyat
Qashqadaryo vohasida boʻlib oʻtayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar davomida nuroniylar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining holidan ham xabar olinmoqda.
.jpg)
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Hojimatov, Chiroqchi tumani hokimi Nodir Erkaboyev hamda “Nuroniy” jamgʻarmasi Chiroqchi tuman boʻlimi raisi Hasanboy Rahmonov va “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, sanʼatkorlar bilan birgalikda tumanda istiqomat qilayotgan 1926-yilda tavallud topgan Joʻra bobo Yodgorov xonadonida boʻldi. Joʻra boboga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan maxsus tabrik va sovgʻa, televizor hamda 15 million soʻm pul mablagʻlari topshirildi.
.jpg)
Joʻra bobo sovgʻalarni qabul qilar ekan xursandchiligini yashirib oʻtirmadi:
Meni frontga kuzatayotgan yaqinlarimning yuzidagi iztirobni yaxshi eslayman.
Oʻsha vaqtlari yillar oʻtib mana shunday tinch, farovon, inson rohat-farogʻatda yashaydigan kunlar kelishini kim tasavvur qilibdi, deysiz. Doimo yurtimizning tinchligini oʻylayotgan, farzandlarimizning baxtli, saodatli hayot kechirishini taʼminlab berayotgani uchun Prezidentimizga ming bora rahmat aytaman. Biz urush qatnashchilariga koʻrsatilayotgan bunday eʼtibor va ehtiromdan boshim koʻkka yetdi " - deydi 96 yoshli otaxon.
Jahon
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
110799
Jamiyat
94456
Jamiyat
90376
Jamiyat
74273
Jamiyat
//
Izoh yo‘q