Oʻrmon xoʻjaliklarida 75 ta holatda qonunbuzilish holatlari aniqlangan

Saqlash
02:06 / 08.05.2022 882 0

Joriy yilning 1-choragida 75 ta qonunbuzilishi holatida oʻrmon xoʻjaligiga 274 432 ming soʻm miqdorda zarar yetkazilgan. Bu haqida Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlumot berildi.

 

Qayd etilishicha, choʻl hududlarida “yashil qoplama”lar barpo qilish tadbirlari uchun jami 1 ming tonna, shundan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida 590 tonna (558,1 tonna saksovul, 20,7 tonna qandim, 11,5 tonna qoraburoq), Navoiy viloyatida 208 tonna (saksovul), Buxoro viloyatida 160 tonna (75 tonna saksovul, 5 tonna qandim, 80 tonna cherkez) va Xorazm viloyatida 52 tonna (saksovul) choʻl oʻsimliklarining urugʻlari jamgʻarildi.

 

Oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan jami 18 mln dona tez oʻsuvchi va boshqa turdagi daraxt hamda butalarning qalamchalari tayyorlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//