Qashqadaryoda 16 yoshli oʻquvchi qiz oʻz joniga qasd qildi

Saqlash
22:59 / 07.05.2022 1637 0

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanining 16-maktab oʻquvchisi oʻz joniga qasd qildi. Voqea joriy yilning 5-may kuni sodir boʻlgan.

 

Maktabning 9-D sinfi oʻquvchisi E.Q.(qiz bola) darsdan soʻng uyiga borib, arqon bilan oʻzini osib, joniga qasd qilgan va vafot etgan.

 

Qoʻshimcha qilinishicha, qiz 2006-yil tugʻilgan. Voqeadan avval oʻqituvchilardan biri uni telefondan foydalangani uchun tergagan va dars vaqtida telefon ishlatish mumkin emasligini aytgan.

 

Holat yuzasidan hozirda Qamashi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, tekshirish doirasida mutasaddi idoralar (maktab, IIB va MFY) xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//