Jamiyat
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Yangi Oʻzbekiston – Maʼrifatli jamiyat” konsepsiyasi va uni amalga oshirish Milliy dasturini ishlab chiqish boʻyicha respublika ekspertlar guruhi aʼzolarining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
“Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida maʼnaviy yangilanish, maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash, ushbu sohani yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan 8 ta maqsad 29 ta muhim vazifa belgilangan.
Xususan, davlat dasturida 71-maqsad “Ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan «Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari” gʻoyasini keng targʻib etish orqali jamiyatda sogʻlom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish» hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun avvalo “Yangi Oʻzbekiston – maʼrifatli jamiyat” konsepsiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha Milliy dasturni ishlab chiqishdek muhim vazifa turibdi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining birinchi oʻrinbosari Furqat Joʻraqulov ishtirok etgan mazkur yigʻilishda “Yangi Oʻzbekiston – maʼrifatli jamiyat” konsepsiyasi va uni amalga oshirish Milliy dasturini ishlab chiqish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi. Ekspertlar tomonidan mavzu yuzasidan bir qator takliflar ilgari surildi. Qizgʻin bahs-munozaralar asosida kechgan muhokamalar jarayonida ekspertlar tomonidan Konsepsiya yuzasidan taqdimotlar oʻtkazildi, ishtirokchilarning fikrlari tinglandi, aniq takliflar oʻrtaga tashlandi.
Ekspertlar guruhi aʼzosi, professor Abduxalil Mavrulov tomonidan Konsepsiya boʻyicha keng jamoatchilikni fikri va ekspertlar kengashi aʼzolaridan tashqari sohaga aloqador professor olimlardan ham takliflar olinishi zarurligi aytildi.
Professor Ismoil Saifnazarov tomonidan Konsepsiyaning bosh maqsadi qilib taʼlim-tarbiyani rivojlantirish asos qilinishi kerakligi, Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti direktori Olimjon Davlatov esa mazkur Konsepsiyaga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzviy va ajralmas qismi sifatida qaralishi kerakligi, 2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi talablari asosida hamda milliy va jahondagi ilgʻor tajribalar, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar bilan uygʻun ravishda amalga oshirilishi zarurligini taʼkidlab oʻtdi. Yigʻilishida professorlar Nuriymon Abdulxasan, Toʻlqin Alimardonov, Fazliddin Ravshanov, Baxtiyor Omon, Muhammadjon Quronov, Eshqobil Shukur va boshqalar ishtirok etdi.
Yigʻilishda “Yangi Oʻzbekiston – maʼrifatli jamiyat” konsepsiyasi va uni amalga oshirish Milliy dasturini ishlab chiqish, mazkur jarayonlarda nimalarga eʼtibor qaratish kerakligi borasida qizgʻin fikrlar bildirildi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q