Kanadada Boborahim Mashrab g‘azallari uch tilda chop etildi

Saqlash
21:16 / 07.05.2022 2310 0

Kanadaning "Altaspera" nashriyot uyida o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, atoqli shoir Boborahim Mashrabning o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi  g‘azallari, murabba’laridan jamlangan kitob nashr etildi.


Salkam 200 betga yaqin risolaga Boborahim Mashrabning eng sara g‘azallari jamlangan. Gʻazallarni rus va ingliz tillariga qirg‘izistonlik shoir va tarjimon Rahim Karim o‘girgan hamda  tayyor kitob shaklida Torontodagi  nashriyot uyiga taqdim etgan.

 

Nashrni bezashda o‘zbek milliy ramzlaridan keng foydalanilgani chet ellik adabiyot ixlosmandlarini o‘zbek milliy tasviriy va amaliy san’ati namunalari bilan yanada yaqinroq tanishtirish imkoniyatini berdi.  

 

Xabarga ko‘ra, kitob to‘la-to‘kis holatda rangli bo‘lib, uni qattiq va yumshoq muqovalarda, shuningdek elektron shaklda xarid qilish mumkin.


Xususan, Boborahim Mashrabning mazkur to‘plamga kirgan g‘azallari dastlab rus va ingliz tillarida internetdagi bir qator ijtimoiy tarmoqlar, jumladan Rossiyaning milliy стихи.ru, проза.ru литсовет.ru saytlarida hamda Feysbuk orqali xorijdagi ko‘plab adabiy guruhlarda e’lon qilinib, chet ellik she’riyat shaydolari e’tiborini qozongandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//