Sport
Bekobodning “Metallurg” futbol klubi faoliyatini qayta tikladi. Kecha, 23-yanvar kuni “Metallurg” futbol akademiyasida tashkil etilgan tadbirda bu haqda ma’lum qilindi.
Tadbirda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, “O‘zmetkombinat” AJ rahbari Bahodir Abdullayev va boshqa mutasaddilari ishtirok etdi.
“O‘zmetkombinat” AJ tashabbusi bilan qayta ishga tushirilgan klub 2024-yilning dekabr oyida o‘z faoliyatini to‘xtatgan edi.

Bahodir Abdullayevning ma’lum qilishicha, tizimning noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi klubning ish faoliyati to‘xtatilishiga sabab bo‘lgan. Endilikda bu xatoga yo‘l qo‘yilmaydi. Tizim jahon talabiga javob beradigan darajada tashkil etiladi. Homiylar ko‘magida klubning moliyaviy ahvoli ham yaxshilanadi.
Abdullayevning ta’kidlashicha, u rahbar bo‘lib tayinlangach Bekobod tumani aholisidan klubni qayta tiklash masalasida ko‘plab iltimosnomalar kelib tushgan. Shunday bo‘lsa-da, tuman aholisi ishtirokida 2 marta so‘rovnoma o‘tkazilgan. 20 mingdan ziyod aholi qatnashgan so‘rovnomada 80 foizdan ortiq odam klubning qaytishiga ovoz bergan.
Bundan tashqari, “O‘zmetkombinat” AJ xodimlari ishtirokida ham so‘rovnoma tashkil etilgan. Bunda ishchilarning 90 foizi klubning qayta tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlagan.
Endilikda Pro ligada ishtirok etishi aytilayotgan “Metallurg” klubiga futbol mutaxassisi Ulug‘bek Mirzayev direktor etib tayinlandi. Jamoa bosh murabbiyi lavozimini esa Ilhom Mo‘minjonov egalladi.
Murabbiylar shtabi oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo‘yilgan.
Ma’lumot uchun, “Metallurg” Bekobod futbol klubi 1945-yilda tuzilgan.

Sport
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
110803
Jamiyat
94459
Jamiyat
90378
Jamiyat
74275
Jamiyat
//
Izoh yo‘q