Siyosat
2021-yil davomida barcha tarmoqlarda mehnat sohasiga oid 52,5 mingta qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Bu haqida Senat yigʻilishida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan berilgan hisobotda keltirilgan.
Inspeksiya mutaxassislari majburiy mehnatga yoʻl qoʻygan 75 nafar mansabdor shaxsga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga asosan 912 mln soʻm miqdorida maʼmuriy jarimalar qoʻlladi.
Majburiy mehnatga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarning:
Senat raisi Tanzila Norboyeva mazkur statistikaga bir necha kun avval, mahalliy internet-nashrlarida, Toshkent shahrining Olmazor tumani, Qora-qamish 2/4 dahasida Jamoat xavfsizligi universiteti talabalaridan majburiy mehnatga jalb etilganini misol qilib keltirdi.
«Ayrim mutasaddi rahbarlar hali ham eskicha fikr, eskicha qarashlar bilan yurganligi achinarli, albatta. Qachongacha tushuntirish ishlarini olib borish kerak? Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatga mutlaqo zid holat bu. Ushbu holat joyiga chiqib oʻrganildi va universitetning mutasaddi xodimlariga nisbatan intizomiy choralar ham koʻrildi. Ammo bir narsani yaxshi anglab olishimiz kerak, biz bunday holatlarni qoralaymiz, bitta holat boʻlsa ham — bu jinoyat. Shuning uchun bu kabi holatlarga toʻliq barham berish, mutasaddi rahbarlar masʼuliyatini yanada oshirishi kerak», — dedi u.
Qolaversa, paxta mavsumida olib borilgan monitoring natijasida mehnat qonunchiligi talablarini buzgan 65 nafar (2020-yilda — 231 nafar) mansabdor shaxslarga ham 49 va 51-moddalari bilan maʼmuriy jarimalar (849 mln soʻm) qoʻllanilgan.
Xususan, 5 ta holatda majburiy mehnatga yoʻl qoʻyilganligi, 21 ta holatda mehnat shartnomasi tuzilmaganligi, 25 ta holatda mehnat sharoitlari yaratilmaganligi, 14 ta holatda terim pullarining oʻz vaqtida toʻlanmaganligi boʻyicha tegishli mansabdor shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
Shuningdek, majburiy mehnatga yoʻl qoʻyilganligi uchun 1 ta holat yuzasidan tegishli hujjatlar sudlarga kiritildi, 5 ta holatda huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga yuborildi.
2021-yilgi paxta mavsumida majburiy mehnat holatlari eng koʻp Jizzax viloyatida aniqlandi, yaʼni respublika boʻyicha qayd etilgan holatlarning 72 foizi (3 tasi) ushbu hududga toʻgʻri keldi, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 1 tadan holat qayd etildi.
Shuningdek, yil davomida maʼmuriy sudlar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 51-moddasiga (mehnatga maʼmuriy tarzda majburlash) asosan 5 nafar shaxsga nisbatan 5 ta ish koʻrilgan hamda 5,2 mln soʻm miqdorda jarima jazosi tayinlandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q