Siyosat
Kuni kecha Toshkent shahridagi havo ifloslanishi yuzasidan maxsus komissiya yig‘ilishi o‘tkazdi. Unga Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva raislik qildi.
Qabul qilingan chora-tadbirlar xususida Toshkent shahri va viloyati hokimlari, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi hamda huquq-tartibot idoralari vakillari axborot berdi.
“Prezidentimiz mendan har kuni bu masala bo‘yicha hisobot so‘rayaptilar. Xalqimizning salomatligi bilan bog‘liq masala bo‘lgan joyda hech birimizning sustkashlikka yo‘l qo‘yishga haqqimiz yo‘q”, dedi Saida Mirziyoyeva.
“Maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar tizimli bo‘lishi, faqat bugungi vaziyatni yaxshilabgina qolmay, balki kelajakda ham bunday ekologik ofatlarning oldini olish imkonini berishi men uchun juda muhim. Shu bois aniq muddatlarda zarur natijaga erishish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdim”, dedi administratsiya rahbari.
.png)
Yaponiyaning zamonaviy texnologiyasi asosida oxirgi 1 haftalik tekshiruvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, havo tarkibidagi 40 foiz changlar antropogen unsurlar (odamlarning ta’siri bilan shakllangan), 60 foizi esa tabiiy changlar ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Maxsus komissiya yig‘ilishida Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yashil hududlarni saqlash va ko‘paytirish hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidladi. Administratsiya rahbari Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimlaridan bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan muntazam ravishda hisobot berib turishni talab etdi.
“Millat salomatligi ikkinchi darajali masala bo‘lishi mumkin emas — toza havo, suv va sog‘lom ekologik muhit uchun kurash oldimizda turgan eng asosiy vazifalardan biridir”, dedi Saida Mirziyoyeva.
Umuman olganda, ekologik vaziyat hamda uni yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar qandaydir bir martalik yoki vaqtinchalik aksiya emasligi, bundan keyin, garchi havo yaxshilangan taqdirda ham, mazkur yo‘nalishdagi ishlar to‘xtab qolmasligi, izchil hamda tizimli davom etishi, buni barcha bo‘g‘indagi rahbarlar to‘g‘ri anglashi kerakligi ta’kidlandi.
.png)
“Eng asosiysi, Prezidentimiz xohlayotgan va doim ta’kidlaydigan masala — qilayotgan ishlarimiz ilmga asoslanishi kerak. Olimlarni eshitishimiz, ilg‘or xorijiy ilmiy tajribalardan foydalanishimiz, yurtimizda ham ushbu sohadagi ilmiy maktabni yaratishimiz kerak”, — deya ta’kidladi Saida Mirziyoyeva.
Yig‘ilishda O‘zbekistonda atmosfera nazoratiga mo‘ljallangan katta ilmiy laboratoriya tashkil qilishga oid masala ham muhokama qilindi va bu bo‘yicha mas’ullar uchun qat’iy muddatlar belgilandi.
Maxsus komissiya yig‘ilishidan so‘ng Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mas’ul shaxslar bilan birga havoni zaharlovchi issiqxonalar bo‘ylab reyd o‘tkazdi. Bunday reydlar har kecha amalga oshirilmoqda.
"Millat salomatligi Prezidentimiz uchun ustuvor vazifa hisoblanadi, shuning uchun muammo to‘liq hal etilmaguncha to‘xtamaymiz," - deya ta’kidladi Saida Mirziyoyeva yig‘ilish chog‘ida.
Shu bilan birga, tadbirkorlar o‘z faoliyatini qonuniy va xavfsiz yuritishlari uchun yordam ko‘rsatish zarur. Ekologiya qo‘mitasiga bir kun ichida ushbu issiqxonaga zamonaviy filtr o‘rnatish, shuningdek, tadbirkorlar uchun seminar-trening va filtrlar savdo-ko‘rgazmasini tashkil etish vazifasi topshirildi.
.png)
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
109829
Jamiyat
94194
Jamiyat
90017
Jamiyat
73205
Jamiyat
//
Izoh yo‘q