Jamiyat
Qamchiq dovonida 4 may kuni soat 21:30 da kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida poyezdni elektr quvvati bilan ta’minlovchi tayanch ustuni quladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Angren–Pop elektrlashtirilgan temir yo‘lining 19-kilometrdagi «Ko‘l» stansiyasiga olib boruvchi avtomobil yo‘lining yuvilishi oqibatida poyezdni elektr quvvati bilan ta’minlovchi tayanch ustuni qulagan.
Yuzaga kelgan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida tezkor shtab tuzilib, «Qamchiq» MQYOQB va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ maxsus avariya-tiklash brigadasi va muhandislik texnikalari bilan yo‘lda ta’mirlash ishlari olib borilib, elektr tayanch ustuni, hamda yo‘l ostidan qo‘shimcha sel o‘tkazgich qurish ishlari amalga oshirilgan.
Shuningdek, avtomobil yo‘lida sel, toshqin oqibatlarini bartaraf etish va yog‘ingarchilik suvlarini betalofat o‘tkazib yuborish maqsadida, suv o‘tkazish inshootlarini va kyuvetlarni tozalash tadbirlari olib borilgan. Dovon hududida hodisa oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari davom etmoqda.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q