Madaniyat
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining hududiy boʻlimlari tomonidan 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan koʻchalarda avtomobillarni stikerlar bilan bezash tadbirlari boshlab yuborildi.
Jumladan, Navoiy viloyat boʻlimi aksiyada faol ishtirok etyapti. Buxoro viloyatida ham transport vositalari bayram stikerlari bilan bezatilmoqda.
Margʻilon shahrida bu yil 9-may – Xotira va qadrlash kunini nishonlashga alohida tayyorgarlik koʻrildi. Yangi tashkil etilgan “Onalar xiyoboni”da “Motamsaro ona” haykali qad koʻtardi, koʻchalarga bayramona shiorlar oʻrnatildi. Markazning Margʻilon shahar boʻlinmasi xodimlari avtomobillar oynalariga bayroq tasviri tushirilgan stikerlarni yopishtirib chiqishyapti. Bu esa haydovchilari tomonidan xursandchilik bilan qabul qilinmoqda.
Xuddi shunday tadbirni Qoʻngʻirot tumani boʻlinmasi ham amalga oshiryapti.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q