Jamiyat
Mazkur hujjatga asosan, markazda davolanayotgan bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya hamda umumiy o‘rta ta’lim berish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Mehrli maktab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lib, Xalq ta’limi vazirligi huzurida tashkil etilishi rejalashtirilgan. Mehrli maktabda maktabgacha ta’lim gospital guruhlari – statsionar davolanayotgan, sog‘lig‘i sababli maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bora olmaydigan 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun davolash-profilaktika muassasalarida tashkil etilgan guruhlar hamda ilk rivojlanish yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan o‘yin guruhlari – 1,5 yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun statsionar davolash-profilaktika muassasalarida tashkil etiladigan guruhlar faoliyat ko‘rsatadi. Ularda parvarish qilish va nazorat qilish ishlari ota-onalarning faol ishtirokida tashkil etiladi. Shuningdek, mazkur maktab tarkibida maktabgacha ta’lim gospital guruhlari, ilk rivojlanish yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan o‘yin guruhlarini tuzish ham rejalashtirilgan.
Davolanayotganlarni maktabgacha gospital guruhlariga qabul qilish Mehrli maktab tomonidan taqdim etiladigan ro‘yxatlar asosida amalga oshiriladi. Markazda davolanayotganlar uchun alohida ishlab chiqilgan o‘quv rejasi asosida 1–11-sinflar hajmida umumiy o‘rta ta’lim beriladi. Dars mashg‘ulotining davomiyligi boshlang‘ich ta’lim (maktab)ning 1–4 sinflarda – 35 daqiqa, 5–11 sinflarda – 40 daqiqa bo‘ladi. Bunda bir kunlik dars mashg‘ulotlari 1–4 sinflarda 3 soatdan, 5–11 sinflarda 4 soatdan oshmasligi lozim.
O‘quv haftasi davomiyligi 5 kunlik asosida olib boriladi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q