Siyosat
Bugun, 6-may kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Qirgʻiziston Tashqi ishlar vaziri Jeyenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqot qilgan.
Tomonlar turli sohalarda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Ikki mamlakat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli keyingi yillarda Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilgani, yangi mazmun bilan boyigani aytilgan.
Shuningdek, boʻlajak tadbirlar jadvali, kun tartibi va tashkiliy jihatlari koʻrib chiqilgan.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
112455
Jamiyat
95119
Jamiyat
91360
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q