Jamiyat
Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining xabar berishicha, 2022-yilning 5-may kuni oʻzbek-qirgʻiz Davlat chegarasining Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumani Oqtom qishlogʻi hududidan oʻtgan qismida bir guruh nomaʼlum shaxslar tomonidan Oʻzbekistondan Qirgʻizistonga noqonuniy ravishda koʻp miqdordagi tovar-moddiy boyliklarini olib oʻtilayotganligi oʻzbek chegara naryadlari tomonidan kuzatilgan va ushbu qonunbuzarlikni oldini olish boʻyicha choralar koʻrilgan.
Chegara naryadi tomonidan Davlat chegarasi buzgʻunchilarini qoʻlga olish vaqtida, qoidabuzarlarning bir guruhi harbiy xizmatchilarga nisbatan qarshilik koʻrsatib, kuch ishlatib, tan jarohatlari yetkazgan va qurollarni olib qoʻyishga harakat qilgan.
«Ushbu holatda harbiy xizmatchilar qonunchilikda belgilangan tartibda qurol qoʻllashga majbur boʻlganlar. Natijada, 3 nafar shaxslar yaralanib, ularning jinoiy sheriklari tomonidan Qirgʻiziston hududiga olib ketilgan.
Hodisa tafsilotlarini aniqlash maqsadida, 5-may kuni zudlik bilan Oʻzbekiston va Qirgʻizistonning hudud boʻyicha chegara vakillari oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi. Shuningdek, 6-may kuni Fargʻona vodiysi yoʻnalishi boʻyicha va Qirgʻizistonning Jalol-obod viloyati boʻyicha chegara vakillarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Hozirda har ikki tomon holat boʻyicha tekshiruvlarni davom ettirmoqda, chegarada vaziyat barqaror», deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan Oʻzbekistonning tegishli huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan 2022-yilning 6-may kuni Oʻzbekiston Jinoyat Kodeksining 223-moddasi (“Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q