Siyosat
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining yangi oʻrinbosari AOKA jamoasiga tanishtirildi.
Ushbu lavozimga Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Ulugʻbek Axmadovich Azamov tayinlandi. U bungacha turizm va madaniy meros vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
U.Azamov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Buyuk Britaniyadagi Surrey universitetini tamomlagan, turli yillarda BMT Taraqqiyot dasturi doirasida faoliyat yuritgan, Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasida maslahatchi boʻlgan.
Agentlik direktorining yangi oʻrinbosari xalqaro hamkorlik, tahliliy taʼminot va matbuot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bilan shugʻullanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q