Siyosat
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida uch kishi halok bo‘lgani bo‘yicha xabar tarqalmoqda.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston chegarachilari 5 may kuni Qirg‘izistonning uch fuqarosiga qarshi qurol ishlatgan. Bu haqida mahalliy OAV Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmatiga asoslanib xabar bergan.
Hodisa Jalolobod viloyati, Ola-Buqa tumani, Aktam MFYning Doboqo‘rg‘on massivida sodir bo‘lgan. Uch nafar qirg‘izistonlik o‘qdan jarohat olgan, ular Ola-Buqa tumanidagi shifoxonaga yetkazilgan. Bemorlar o‘sha yerda hushlariga kelmay vafot etdilar, deyiladi xabarda.
Ikki davlat chegara vakillari vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida uchrashuv o‘tkazgan. Hodisa yuzasidan tezkor tekshiruv tadbirlari boshlangan.
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
112456
Jamiyat
95121
Jamiyat
91363
Jamiyat
76039
Jamiyat
//
Izoh yo‘q