O‘zbekistondagi 10 ta eng yirik soliq to‘lovchilar prognozi e’lon qilindi

Saqlash
15:59 / 06.05.2022 821 0

Moliya vazirligi «Fuqarolar uchun byudjet 2022» yangilangan nashrida O‘zbekistondagi 10 ta eng yirik soliq to‘lovchi tashkilotlar nomini taqdim etdi.

 

Spot`ning yozishicha, ro‘yxat 2021 yilning noyabriga nisbatan o‘zgarmagan, biroq ilgari ushbu kompaniyalar byudjet daromadlarining 36,4 foizini ta’minlashi prognoz qilingan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 40,2 foizgacha oshdi.

 


    «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» — 20,2 foiz;
    «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» — 11 foiz;
    «O‘zbekneftgaz» — 2,2 foiz;
    «O‘ztransgaz» — 1,9 foiz;
    UzBAT — 1,3 foiz;
    «Hududgazta’minot» — 1,3 foiz;
    «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» — 0,7 foiz;
    Uz-Kor Gas Chemical — 0,5 foiz;
    UzAuto Motors- 0,5 foiz;
    «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» — 0,5 foiz.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//