6-may kuni Oʻzbekistonning ayrim hududlarida yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin

Saqlash
03:39 / 06.05.2022 868 0

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 6-may kuni Toshkentda havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-17, kunduzi 27-29 daraja iliq boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq boʻladi.


Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq boʻladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 24-29 daraja iliq boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq boʻladi.

 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 24-29 daraja iliq boʻladi.

 

Respublikamizning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//