Jamiyat
Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida shoshilinch va tez tibbiy yordam sifatini yaxshilash hamda uni aholiga yanada yaqinlashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Yigʻilishda tizimdagi eng katta muammo – shoshilinch yordam bemor uchun eng yaqin tibbiyot muassasasida emas, balki faqatgina oldindan biriktirilgan sanoqli shifoxonalarda koʻrsatilishi qayd etildi.
Misol uchun, Mirzo Ulugʻbek tumani, “Qorasuv-1” mavzesida “oʻtkir bosh-miya jarohati” olgan bemorni, tez yordam brigadasi yoʻlidagi eng yaqin shifoxona – Respublika neyroxirurgiya markaziga emas, balki Chilonzordagi Respublika shoshilinch markaziga olib borishga majbur.
Shu kabi, Fargʻona tumani Mindonobod qishlogʻida viloyat Kardiologiya markazi boʻlsada, ushbu qishloqdagi yurak xurujiga uchragan bemorni tez yordam 15 kilometr yoʻl bosib, Vodilda joylashgan tuman shifoxonasiga olib boradi.
Shu bois, tez tibbiy va shoshilinch yordam tizimini takomillashtirish boʻyicha alohida dastur ishlab chiqildi va barcha hokimlarga yetkazildi.
Lekin, aksariyat viloyat, tuman va shahar hokimlari bu masalaning mazmun-mohiyatini hali toʻliq tushunib yetgani yoʻq, ayrimlari esa tushunishni xohlamayapti, dedi Prezident.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q