Tez tibbiy xizmatning 3 ta “xoʻjayini” bor — Prezident 

Saqlash
22:41 / 05.05.2022 1456 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida shoshilinch va tez tibbiy yordam sifatini yaxshilash hamda uni aholiga yanada yaqinlashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

 

Viloyat shoshilinch markazlarida 40 dan ziyod yuqori texnologik operatsiyalar yoʻlga qoʻyilganini qayd etib, davlatimiz rahbari tibbiyot sohasi vakillar bilan ochiq muloqotda tez yordam xizmatini takomillashtirish boʻyicha koʻplab masalalar koʻtarilganini koʻrsatib oʻtdi.


«Misol uchun, tez tibbiy yordam brigadasi kechikib kelishi boʻyicha 2021-yilning oʻzida viloyatlardan 50 mingdan ziyod shikoyat kelib tushgan.


Sababi, sohada yagona boshqaruv tizimi yoʻlga qoʻyilmagan, yaʼni tez tibbiy xizmatning 3 ta “xoʻjayini” bor.


Jumladan, tibbiyot xodimini “rayzdrav” tayinlaydi, dispetcherlarni ishga qabul qilish va dori-darmon taʼminoti viloyat shoshilinch yordam markazida, transport parki, yoqilgʻi taʼminoti va haydovchilar esa “oblzdrav”ga boʻysunadi», dedi Prezident.


Bunday boshqaruv tizimida chalkashliklar koʻpligi, buning oqibatida tez tibbiy yordam xizmati koʻrsatish tuman hududi bilan cheklanib qolgani, tez yordam stansiyasi qoʻshni tuman bilan chegaradosh boʻlsa ham, boshqa hudud degan vaj bilan chaqiruvni qabul qilmasligi tanqid qilindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//