Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida shoshilinch va tez tibbiy yordam sifatini yaxshilash hamda uni aholiga yanada yaqinlashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Prezident raisligida tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmati faoliyatini takomillashtirish boʻyicha videoselektor yigʻilishi boshlandi.
«Tibbiyot tizimidagi islohotlarimizni odamlar, birinchi navbatda, tez tibbiy va shoshilinch yordamda boʻlgan oʻzgarishlarni koʻrgandagina his qiladi.
Inson sogʻligʻi va uning hayotini saqlab qolishda “oltin soat” oraligʻida birinchi yordam koʻrsatuvchi boʻgʻin, albatta, tez tibbiy va shoshilinch yordam hisoblanadi.
Aytish joizki, ushbu soha umuman eʼtibordan chetda qolib ketgan edi.
Mana, soʻnggi besh yilda ushbu hayotiy muhim sohalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, kadrlar salohiyatini oshirish boʻyicha katta ishlarni boshladik», dedi davlatimiz rahbari soʻzining avvalida.
Jumladan, bu davrda:
- 2 224 ta yangi tez yordam mashinalari olib berildi yoki transport parkining 80 foizi yangilandi;
- zamonaviy reanimatsiya mashinalari soni 24 tadan 435 taga koʻpaytirildi;
- bitta chaqiriqqa dori-darmon uchun ajratilayotgan mablagʻlar miqdori 16 baravarga, dori-darmon turlari 20 tadan 45 tagacha oshirildi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q